O'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Nashr qilingan sana: 14.06.2023 06:04:56Bugun, 24 noyabr kuni "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori Oʻzbekiston –Yaponiya innovatsiya markazining “Konchilik ishi va mineral xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash” laboratoriyasi ilmiy xodimlarini qabul qildi
Markaz ilmiy xodimlari J. Tashpulatov va Y. Yenichilar bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti mutaxassislari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Angren” koʻmir konining geologik va gidrogeologik holatini oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar asosida 3D modellashtirish va bortlarni mustahkamligini oshirish masalalari muhokama etildi.
V. V. Kuznetsov konda sodir boʻlayotgan koʻchkilar texnologik jarayonlarga salbiy taʼsir etmay qolmasligini taʼkidlab, bu borada innovatsiya markazi va boshqa ilmiy muassasalarning taklif va tashabbuslarini hamisha qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Soʻng mehmonlar bosh geologi boshchiligida “Angren” koʻmir konining koʻmir qazib olish zaboylari va texnologik transportlar bilan tanishdilar, uchrashuv koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Q.Teshabayev
t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi.
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi 2026-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 262 ta muroja...
O'qish
Davlat tili rivojiga yana bir qadam: 41 ta yangi atama tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan davlat tilida rasmiy qo‘llaniladigan 41 ta yangi atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Bu davlat tilida i...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori: navbatdagi murojaatga munosabat
2026-yil 13-iyul kuni EKOLOG.UZ saytida Dashtobod shahridagi ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan “Ko‘mir changi salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” sarlavhasi osti...
O'qish
Qora metallurgiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
2026-yil 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy xomashyo bazas...
O'qish