“O’ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA UNI 2023-YILDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI LOYIHALARI JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA QO’YILDI.
Nashr qilingan sana: 03.08.2023 06:33:11Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo’nalishlarini belgilab beruvchi “O’zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
“O’zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko’rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo’lib, unda 5 ta yo’nalish bo’yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
“O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko’rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro’yxati tasdiqlanmoqda.
Ushbu havolalar orqali loyihalar muhokamasida faol ishtirok eting:
▫️https://regulation.gov.uz/oz/d/83808
▫️http://2030.strategy.uz/
Eslatib o‘tamiz, jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.
Oxirgi yangiliklar:
Xalqaro hamkorlik amalda
2026-yil 17-iyul kuni Xitoy konchilik va texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi. Toshkent davla...
O'qish
Ishga qabul jarayoni ochiq va shaffof tarzda yoritildi
Aksiyadorlik jamiyatida “Ochiqlik indeksi” talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishga qabul jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilmoqda. Jamiyatning idora qo‘riq...
O'qish
Mehnat ta’tili – xodimning qonuniy huquqi
#Huquqingizni bilasizmi? Xodimning mehnat unumdorligi uning dam olish sifati bilan bevosita bog‘liq. Shu bois mehnat qonunchiligi har bir xodimning mehnat qilishi bila...
O'qish
Infografika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
Infigrafika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
O'qish