“O‘zbekko‘mir” AJ: 6 oy mobaynida jami 2 mln 770,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi
Nashr qilingan sana: 12.07.2025 11:53:30“O‘ZBEKKO‘MIR” AJ: 6 OY MOBAYNIDA JAMI 2 MLN 770,8 MING TONNA KO‘MIR QAZIB OLINDI
Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra "O‘zbekko‘mir" AJ faoliyatidagi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagicha shakllandi.
Kon yuzasini ochish ishlari
2025-yil yanvar-iyun oylarida kon yuzasini ochish ishlari 15,8 mln kub metr hajmda amalga oshirildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 137,6 foizni tashkil qildi. Jumladan:
🔹 “Angren” konida – 13,5 mln kub metr (o‘sish sur’ati – 123,1%),
🔹 “Apartak” konida – 2,3 mln kub metr (o‘sish sur’ati – 448,8%).
Ko‘mir qazib olish
Jamiyat tomonidan 6 oy mobaynida jami 2 mln 770,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 116,7%ga teng bo‘ldi. Jumladan:
🔸 “Angren” konida – 2 mln 485,3 ming tonna (o‘sish sur’ati – 116,7%),
🔸 “Apartak” konida – 255,3 ming tonna (o‘sish sur’ati – 119,7%),
🔸 Yer osti uslubidagi kon – 30,2 ming tonna (o‘sish sur’ati – 98,1%).
Ist’emolchilarga yetkazib berish
Yanvar-iyun oylarida ist’emolchilarga 2,8 mln tonna ko‘mir yuklab yuborildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,4%ni tashkil etdi.
2024-yilning birinchi yarim yilligida ist’emolchilarga 2,5 mln tonna ko‘mir ortib yuborilgan edi.
2025-yilning yanvar-iyun oylarida:
🔸 Issiqlik elektr stansiyalariga – 1 874,2 ming tonna,
🔸 Byudjet tashkilotlariga – 228,1 ming tonna,
🔸 Aholi ehtiyojlari uchun – 153,4 ming tonna ko‘mir yetkazildi.
🔸 Birja va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali – 512,3 ming tonna ko‘mir sotildi.
Ma’lumot uchun:
“O‘zbekko‘mir” AJ – mamlakatimizda ko‘mir qazib olish va ist’emolchilarga yetkazib berish bo‘yicha yetakchi korxona hisoblanadi. Ko‘mir mahsulotlari respublika ehtiyojlariga mos ravishda tasdiqlangan balans asosida taqsimlanadi. Jamiyat tasarrufidagi “Angren”, “Apartak” va shaxta usulidagi konlarda 6 ming nafardan ortiq mutaxassis va ishchi mehnat qilmoqda.
🖊 Ne’mat Dushayev
"O‘zbekko‘mir" AJ matbuot kotibi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish