“O‘zbekko‘mir” AJ: avgust oyida 143,7 ming tonna ko‘p ko‘mir qazib olindi
Nashr qilingan sana: 12.09.2024 23:11:15Jamiyatda 2024 yilning avgust oyida 670,0 ming tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bu ko‘rsatkich 813,7 ming tonna (rejaga nisbatan 121,4%)ni tashkil etdi.

“Angren ko‘mir koni” filialida oy davomida 590,9 ming tonna (rejaga nisbatan 114,6 %) , “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filialida 5,2 ming tonna (115,4%), “Apartak ko‘mir koni” filialida 217,6 ming tonna (145,1 %) qattiq yoqilg‘i qazib olindi.
Avgust oyida kaolin qazib olish hajmi rejadagi 96,0 ming tonna o‘rniga 91,2 ming tonna ( 95,0%) ga teng bo‘ldi.
Iste’molchilarga avgust oyi mobaynida 436,5 ming tonna ko‘mir, 107,2 ming tonna kaolin yuklab yuborildi.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish