“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Nashr qilingan sana: 16.03.2026 13:38:11Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola chop etildi. Ushbu material angrenlik jurnalist Dina Andreyeva qalamiga mansub bo‘lib, unda O‘zbekiston ko‘mir sanoati va “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritilgan.
Maqolada mamlakatimizda ko‘mir sanoatini rivojlantirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish va tarmoqni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritiladi. Xususan, Angren ko‘mir koni negizida faoliyat yuritayotgan korxonalar, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, qazib olish hajmini oshirish hamda ichki bozorni mahalliy yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, maqolada mamlakatimizdagi ko‘mir zaxiralarining salohiyati, geologik qidiruv ishlari ahamiyati va sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli rejalar ham tilga olingan. Muallif tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar va ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar misolida O‘zbekiston ko‘mir sanoatining xalqaro miqyosdagi imkoniyatlarini ochib bergan.
Xalqaro ixtisoslashgan nashrda chop etilgan mazkur material mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJning tarmoqni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari e’tiborini tortayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.vnedra.ru/glavnaya-tema/nash-ugolnyj-potenczial-30580/
https://www.vnedra.ru/wp-content/uploads/2026/03/globus90-globus90.pdf (140-bet)

.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish