“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi o‘tkaziladi
Nashr qilingan sana: 24.07.2026 10:34:51“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ta'sis yig‘ilishida Jamoatchilik kengashining tashkiliy masalalari ko‘rib chiqilib, kengashning shaxsiy tarkibini tasdiqlash, rais va rais o‘rinbosarini saylash, kotibni tasdiqlash hamda kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Yig‘ilish sanasi: 2026-yil 30-iyul
Boshlanish vaqti: soat 10:00
Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahri, Istiqlol ko‘chasi, 1-uy, “O‘zbekko‘mir” AJ ma'muriy binosi.
Jamoatchilik kengashi Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Jamoatchilik kengashi a'zolari va ochiq tanlov natijasida saralangan nomzodlarni ta'sis yig‘ilishida faol ishtirok etishga taklif etadi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish