“O‘zbekko‘mir” AJ: iyun oyi rejalari qanday bajarildi?
Nashr qilingan sana: 06.07.2023 00:44:48Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida 445,0 ming tonna o‘rniga 485,2 ming tonna ko‘mir qazib olingan. Bu rejadagidan40,2 ming tonna ko‘p bo‘lib (109,2 %) o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,2 foizni tashkil etdi.
Jamiyatda ko‘mir qazib olish rejasi “Angren” koni bo‘yicha 104,4, “Apartak” koni bo‘yicha 118,5 foizni, shaxta usulida 115,8 foizga oshirib uddalandi.
Oy davomida 1 907,2 ming kubometr hajmida kon ochish ishlari bajarildi va bu boradagi oylik reja 98,6 foizga teng bo‘ldi.
Qayd etish kerak, iyun oyida kon ochish ishlaridagi qoloqlikka barham berish tendensiyasi kuzatilishda davom etdi. Yil boshidan olib qaralganda, reja 102,0 foizga uddalanib, o‘sish sur’ati o‘tgan yildagiga nisbatan 133,2 foizni tashkil etgan.
Iyun oyi mobaynida iste’molchilarga 465,9 ming tonna ko‘mir yuklab yuborildi. Bu rejaga nisbatan 168,9 foizga tengdir.
Yuklab yuborilgan mahsulotning 339,0 ming tonnasi issiqlik elektr stansiyalariga, 106,4 ming tonnasi respublika byudjet tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Birja savdolari uchun 20,5 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi.
Iyun oyida jamiyatda kaolin qazib olish rejadagi 65,0 ming tonna o‘rniga 26,9, ming tonnani, kaolin yuklash 65,0 ming tonna o‘rniga 54,1 ming tonnani tashkil etdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish