“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan qazib chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlarini narxlari va sotish tartibi haqida
Nashr qilingan sana: 06.07.2026 18:31:06
Mamlakatimiz ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini keng joriy etish doirasida ko‘mir mahsulotlarini sotish va narx belgilash tartibi yangilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2026 yil 1 iyundan boshlab ko‘mir narxlarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilindi.
Bugungi kunda, respublikamizda ko‘mir qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari 16 taga yetdi. Ular tomonidan qazib chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlari birja savdolarida hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin narxlarda sotilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan qazib chiqarilayotgan 1 tonna ko‘mirning ulgurji narxlari (2026-yil 1-iyundan amal qiladi) quyidagicha belgilandi:
– BR – 473 000 so‘m (2023 yilga nisbatan o‘sish 1,9 barobar);
– BR B-1 – 408 000 so‘m;
– BR B-2 – 322 000 so‘m;
– BR B-3 – 282 000 so‘m.
– BOMSSh – 473 000 so‘m (2023 yilga nisbatan o‘sish 1,3 barobar);
– BOMSSh B-1 – 399 000 so‘m (2023 yilga nisbatan o‘sish 1,2 barobar);
– BOMSSh B-2 – 308 000 so‘m (2023 yilga nisbatan o‘sish 1,2 barobar).
Ma’lumot uchun. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan qazib chiqarilgan ko‘mir narxlari oxirgi marta Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil oktabrdagi bayoni bilan tasdiqlangan.
Bugungi kunda, aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tartib Hukumat qarori loyihasi bilan tasdiqlangandan so‘ng qo‘shimcha axborot joylanadi.
«O‘zbekko‘mir» AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish