"O'zbekko'mir" AJ "Tog'-kon uskunalarini sozlash zavodi"da kitob yarmarkasi tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 21.08.2025 13:11:02Bugun, 2025-yil 21-avgust kuni, oldindan e’lon qilinganidek, "O‘zbekkomir" aksiyadorlik jamiyatining "Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi" hududida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur yarmarka doirasida turli nashriyotlar tomonidan chop etilgan badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti hamda darsliklar keng ommaga taqdim etildi. Kitobsevarlar o‘zlariga manzur asarlarni tanlab, arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Tadbirning asosiy maqsadi – xodimlar va ularning farzandlari orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni mutolaaga, ilm va ma’rifatga intilishga undashdan iborat bo‘ldi.

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi
Oxirgi yangiliklar:
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati
2026-yil I yarim yilligi yakunlari bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati to'g'risida ma'lumot
O'qish
Shovot ko‘mir omboridagi holatga oydinlik kiritildi
Ayni kunlarda 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublikadagi budjet tashkilotlarini mahalliy ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari izchi...
O'qish
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: fikrlar tinglandi, takliflar maʼqullandi
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning bi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ta'sis yig‘ilishida...
O'qish