Qog‘ozbozlikka chek qo‘yadigan platforma taqdimoti
Nashr qilingan sana: 23.05.2024 02:58:32
“O‘zbekko‘mir” AJ Boshqaruv apparatida ijro intizomi yagona elektron tizimi – “edo.ijro.uz” platformasi taqdimoti o‘tkazildi.

Aksiyadorlik jamiyati Axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmati tomonidan tashkilotlararo hujjatlar aylanuvi dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchi UNICON-SOFT kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ijro apparati devonxonasi, bo‘lim va boshqarmalari, xizmatlari hamda filiallarning hujjatlar bilan ishlovchi xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari” to‘g‘risida” 2023 yil 4 maydagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hujjatlar bilan ishlovchi xodimlarning ijro intizomi yagona elektron tizimida ishlash bo‘yicha malakasini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda UNICON-SOFT kompaniyasining Angren shahridagi vakili Diyor Komilov “edo.ijro.uz” tizimi, unda yo‘lga qo‘yilgan yangi jarayonlar haqida keng tushuntirish berib o‘tdi. Ayni paytda tizimda ishlashning afzalliklari haqida so‘z yuritdi.

Qayd etildiki, ushbu platforma hujjatlar bilan ishlash ortiqcha qog‘ozbozlikning oldini oladi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hisobiga ish esa samaradorligi esa keskin oshadi. Masalan, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hujjatni imzolashi uchun safardan yoki boshqa tadbirdan ofisga kelib o‘tirmaydi. Aksincha, tizimga istalgan joydan yoki mobil telefonlaridan kirib, elektron raqamli imzo orqali tasdiqlaydi.
Tadbir ishtirokchilari «edo.ijro.uz» platformasi, ushbu tizimda samarali ish olib borish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish