Referendum xalqning irodasini namoyish etishi kerak
Nashr qilingan sana: 26.04.2023 08:09:38Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan referendum munosabati bilan "Oʻzbekkoʻmir" AJ "Temir yoʻl transporti" filialida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
"Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!" shiori ostida oʻtkazilgan tadbirni jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qayumov qisqacha kirish soʻzi bilan ochib berdi. Taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov tadbirda ishtirok etib, konstitutsiyaviy islohotning zarurati va ahamiyati, ushbu Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida batafsil tushunchalar berdi. Turli sohada yuksak marralarga erishayotgan va yurtimizdagi yangilanishlar samarasida oʻz kasbi orqali obroʻ-eʼtibor topgan hamyurtlarimiz muhim siyosiy jarayon haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.
"Angren koʻmir koni" filiali texnik xodimi Fotima Turgʻunboyeva konchilar nomidan soʻzga chiqib referendum boʻyicha fikrlarini bayon qildi va soʻngida oʻz ijodidan namunalar oʻqidi.
"Ulugʻ yoʻl" gazetasi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish