Tadbir mehnat taʼtillari mavzusiga bagʻishlandi
Nashr qilingan sana: 08.05.2023 08:44:33Xabaringiz bor, shu yilning 30 aprelidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirdi. Shu munosabat bilan "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan seminar ushbu mavzuga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini taʼminlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ushbu hujjat bilan mehnat qonunchiligida bir qator yangiliklar kiritilgan. Yangi hujjatning amaliyotga kiritilishi bilan ish beruvchilar tomonidan, jumladan xodimlarga taʼtil berishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilmasligi muhim sanaladi.
Tadbirda Toshkent viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi davlat hududiy mehnat inspektori Lazizbek Abdukarimov ishtirok etdi va Mehnat kodeksi, uning avvalgisidan farqi, xususan xodimlarga mehnat taʼtili berish borasidagi yangilik va oʻzgarishlar xususida atroflicha maʼlumot berdi.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish