Xalqaro anjuman bo'lib o'tdi
Nashr qilingan sana: 05.07.2023 06:55:43"Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat" mavzusida xalqaro anjuman
2023-yil 4 iyul kuni Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi "Event Hall" tadbirlar zalida "Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat" mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi boshlandi.
Men "Oʻzbekkoʻmir" AJ vakili sifatida ushbu tadbir boshlangan kunining ikkinchi yarmida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi masʼullari, xalqaro ekspertlar, investorlar ishtirokida "Oʻzbekistonda togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar: natijalar va istiqbollar" sessiyasida ishtirok etdim.
Qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ishbilarmon doira vakillarining ishtirok etgan va xalqaro teleboshlovchi va jurnalist Ali Aslan olib borgan tadbir qiziqarli va hayajonli tarzda olib bordi.
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari Aʼzam Kadirjodjayevning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan mazmunli chiqishi bilan sessiyani boshlab berdi. Koreya Respublikasi ishbilarmonlar uyushmasi raisi Kim Yeng Gi, Avstriya davlati kompaniya rahbari Jozef Laselberger, "Navoiyuran" davlat korxonasi direktori Jerar Friyes, "Oʻzmetkombinat" AJ raisi oʻrinbosari Tatyana Budey va va boshqalar oʻz jamoalarida erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalari xususida oʻrtoqlashdilar.
Shu oʻrinda " Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Abdulla Azizovning ingliz tilidagi ravon va oʻktam chiqishi eʼtiborimizni tortdi. Shu paytda bunday xalqaro anjumanlarda til bilan, ayniqsa ingliz tilini bilgan koʻp narsalarga qodir ekanligiga amin boʻldim.
Qutlugʻ Teshaboyev,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ INVESTITSIYA loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻlimi boshligʻi
t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish