Xalqimizning orzu-umidlarini ifodalagan do‘ppilar
Nashr qilingan sana: 25.04.2025 07:39:35
.jpg)
Bahodir Nasibaliev “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Qurilish-montaj ishlari” filialida qurilish industriyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda. U va uning hamkasblari Jamiyatda e’lon qilingan “Juma ‒ milliy liboslar kuni” chellenjida ishtirok etib, o‘zbekona kiyimlarimiz va do‘ppilarimizni faol targ‘ib qilmoqdalar.
Milliy liboslarimiz o‘zining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi: chevarlarimiz tomonidan atlas va adrasdan tikilgan kiyimlar, zargarona to‘qilgan do‘ppilar ko‘zni quvnatadi. Ushbu liboslar milliy qadriyatlarimizni mujassam etgani bilan e’tiborni jalb etadi.
Do‘ppilarimiz haqida gapirsak, “do‘ppi” so‘zi turkiycha “yuqori” va “tepa”ni ishora qiluvchi “tube” so‘zidan olingan. Shuning uchun do‘ppini ruslar “tubeteyka” deb ataydilar, bu “tepa” so‘zidan “telpak” so‘zi kelib chiqqan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak va ayollarga, bolalar, yoshlar va yoshi ulug‘larga mo‘ljallangan do‘ppilarning 200 dan ortiq turi mavjud. Ularda viloyatlarimizning o‘ziga xos tabiati, ayollarimizning nafis qalbi, latofati, orzu-umidlari ifodalanadi: Chust do‘ppi, Marg‘ilon do‘ppi, iroqi, gilam do‘ppi, Samarqand do‘ppi, Andijon do‘ppi, chakma to‘r, qizil gul, Toshkent do‘ppi, chiptado‘zi, guldirama, Boysun do‘ppi, Baxmal do‘ppi, Qo‘qon do‘ppi, zardo‘ppi, quloh, toqqi, qalampir nusxa, aroqchin, chor guli, yotoq do‘ppi, taroq do‘ppi, chol do‘ppi ва бошқалар.
Siz bu ro‘yxatni davom ettirishingiz mumkin.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish