KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
Nashr qilingan sana: 24.04.2026 16:35:282026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan texnikaga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, shuningdek, avval kompaniya tomonidan yetkazib berilgan texnikalardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va noqulayliklarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muzokaralar davomida korxona menejeri Solovyev D. hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, 2025-yil davomida o‘zaro munosabatlarda ayrim uzilishlar kuzatilganini qayd etdi. Shu bilan birga, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida kompaniya vakillari tomonidan tez-tez tashriflar amalga oshirilishi, yetkazib berilgan texnikalar holati doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, ehtiyot qismlarga ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda, Toshkent shahridagi omborxonada yetarli zaxira shakllantirilgani va sifatli ehtiyot qismlarni tezkor yetkazib berish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi. Servis xizmatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etishda malakali mutaxassislar ko‘mak berishga tayyor ekani ham alohida qayd etildi.
Uchrashuv qisqa, ammo samarali va ikki tomon uchun manfaatli ruhda o‘tdi. Tomonlar hamkorlik samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.
Qutlug‘ Teshaboyev,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va innovvatsiya bo‘limi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish