Xon atlas: milliy liboslar namoyishi
Nashr qilingan sana: 11.09.2024 01:59:25Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan “Xon atlas” festivalida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ishtirok etmoqdalar. Bugun, 11 sentabr kuni jamiyat ijro apparatida festival doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

‒ Milliy liboslarimiz juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqimizning boy madaniy an’analari va turmush tarzini o‘zida mujassam etgan. Ammo ular bugungi kunda asosan an’anaviy bayram tadbirlarida kiyiladi. Vaholanki, milliy liboslarimiz kundalik va dam olish kunlari ham keng foydalanish mumkin. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ana shu haqida so‘z bordi, ‒ deydi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Dilrabo Xidirova.
Aksiyadorlik jamiyatida “Xon atlas” festivali doirasidagi tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun bosh direktor buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq, ijro apparati va tizimdagi barcha korxonalardan vakillar qatnashdi. Atlas va adrasdan tikilgan kiyimlari o‘zlariga yarashgan konchi-opa singillarimiz tadbir bahona shu kuni milliy liboslarimiz nechog‘lik yorqin va chiroyli ekanligini ko‘z-ko‘z qildilar.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 9 sentabrda boshlangan festival va uning doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 14 sentabrgacha davom etadi.


Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish