“Yashil makon”: rahbar va yoshlar bir maydonda ko‘chat ekdi
Nashr qilingan sana: 03.04.2026 09:20:51Haftaning har payshanbasi rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, galdagi uchrashuv “Yashil makon” umummilliy eko harakati doirasida o‘tkazildi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida navbatdagi rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda jamiyat bosh direktori N. Dusmatov, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari O. Ismoilov hamda bosh muhandis V. Kuznetsov, shuningdek, tizimosti korxona rahbarlari bilan birgalikda tizimda faoliyat yuritayotgan eko-faol yosh xodimlar ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida bahorgi ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilda bugungi kunga qadar 5 ming tup ko‘chat ekildi. Yil yakuniga qadar yana 8 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Tadbir davomida tizim yoshlari tomonidan rahbarga yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiatni asrash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan ilg‘or takliflar bildirildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda rahbar eko-faol yoshlarning tabiatni asrash, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik tizimni kelajak avlodga sog‘lom va musaffo holda yetkazishda tutgan o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.
.jpg)
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari belgilangan hududda ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chat ekish ishlarini olib bordilar.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish