YOSHLARIMIZ XIVAGA SAYOHAT QILADI!
Nashr qilingan sana: 25.07.2023 06:19:28Yurtimizda iqtidorli yoshlarning bilimlarini oshirish va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Aynan shunday tadbirlardan biri 25-iyul sanasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi aʼzolarining yoshlari o‘rtasida “Kasaba bilimdonlari” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Avval xabar berganimizdek, o'yinda "O'zbekko'mir" aksiyadorlik jamiyatining yoshlari ishtirok etdi.
Yakunda o‘z bilim va intellektual salohiyatni, iqtidori va hozirjavobligini to‘liq namoyon etgan "O'zbekko'mir" AJning bilimdonlari faxrli🥇birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, afsonaviy Xiva shahriga sayohat yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Turnirdagi faxrli ikkinchi🥈o'rin Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi yoshlariga nasib etdi. "Maxam Chirchiq" AJning "Kimyogarlar" jamoasi esa🥉3-o'rin sohibi bo'lishga muvaffaq bo'ldi.
Jamoamiz aʼzolarini ajoyib yutuq bilan tabriklaymiz!
🥇"O'zbekko'mir" AJ - 21 ta to'g'ri javob
🥈Adliya boshqarmasi - 19 ta to'g'ri javob
🥉"Maxam Chirchiq" AJ - 16 ta to'g'ri javob
Siz ham "Zakovat" intellekutal o'yinida ishtirok etib, turli sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishni istaysizmi? Unday bo'lsa har hafta o'tkaziladigan "Angren zakovat klubi"ning oliy liga o'yinlarida ishtirok eting.
Ro'yxatdan o'tish: ✈️ t.me/AngrenZakovat
Obuna boʻling 👉 t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish