Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
Nashr qilingan sana: 10.10.2025 19:54:35

“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash konchilar uchun osh tarqatildi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda aholi va budjet tashkilotlarini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlarini faol davom ettirmoqda. Mahsulotlar “Ko‘mir ta’minot” MChJning hududiy omborlari orqali aholiga yetkazib berilyapti.
Angren konchilari kunu-tun mehnat qilib, iste’molchilarni ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlash, qish mavsumida barqaror ta’minotni yo‘lga qo‘yish uchun bor kuchini safarbar etmoqda. Ular mehnati Farg‘ona viloyati aholisi tomonidan ham katta ehtirom va minnatdorlik bilan e’tirof etildi.
— Konchilarimiz aholi va budjet tashkilotlariga arzon va sifatli ko‘mir mahsulotini yetkazib berish uchun tunu-kun fidokorona mehnat qilmoqda. Ularning mehnatiga bo‘lgan e’tibor va tashkil etilgan dasturxon uchun Farg‘ona viloyati hokimligiga konchilarimiz nomidan minnatdorlik bildiramiz, — dedi “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov.
Shuningdek, o‘tgan haftada andijonlik mirishkorlar ham Angren konchilariga o‘z dalalarida yetishtirgan ne’matlardan sovg‘a yo‘llab, ular mehnatiga bo‘lgan hurmat va hamdo‘stlik ruhini namoyon etgan edilar.

Oxirgi yangiliklar:
Mehnat ta’tili – xodimning qonuniy huquqi
#Huquqingizni bilasizmi? Xodimning mehnat unumdorligi uning dam olish sifati bilan bevosita bog‘liq. Shu bois mehnat qonunchiligi har bir xodimning mehnat qilishi bila...
O'qish
Infografika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
Infigrafika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi.
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi 2026-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 262 ta muroja...
O'qish
Davlat tili rivojiga yana bir qadam: 41 ta yangi atama tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan davlat tilida rasmiy qo‘llaniladigan 41 ta yangi atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Bu davlat tilida i...
O'qish