Hududiy ko‘mir omborlarida xavfsizlik holati o‘rganilmoqda
Nashr qilingan sana: 14.05.2024 08:12:18Respublika hududiy ko‘mir omborlarida kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda? Ushbu ob’ektlarda texnika va yong‘in xavfsizligi choralari qay darajada ko‘rilgan? Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday holatlar yuz bergan taqdirda aholini muhofaza qilish bilim va ko‘nikmalar shakllantirilganmi?

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida “Ko‘mir ta’minot” MChJ tasarrufidagi ko‘mir omborlari o‘rganilmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlarda “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi Xojiakbar Jumaboev ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, respublika ishchi komissiyasi tomonidan joriy yilning 14-23-may kunlari Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Farg‘ona viloyati hududiy quyi tizimining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida kompleks o‘rganish ishlari belgilangan.

Oxirgi yangiliklar:
Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi: mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi
“O‘zbekko‘mir” AJ murojaatlar boti orqali fuqaro M.A. Xudoyberdievadan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan filiali Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan m...
O'qish
Ko‘mir sohasidagi yangi islohotlar: bozor mexanizmlari va ijtimoiy himoya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarori mamlakatda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish, bozor mexanizmlarini keng joriy eti...
O'qish
Islom sivilizatsiyasi markazi – ma’naviy-ma’rifiy sayohatning bosh manzili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimiz qold...
O'qish
Milliy malaka tizimi rivojida tog‘-kon korxonalari ishtiroki muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti h...
O'qish