Mukofotlash va koeffitsientlar qanday tartibda hisoblanadi?
Nashr qilingan sana: 17.06.2026 14:13:29“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan onlayn ovozli chatlar orqali tashkil etib kelinayotgan muloqotlarda fuqarolar va jamiyat xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishmoqda.
Ushbu muloqotlar davomida, jumladan, mukofotlash va koeffitsientlar bo‘yicha ham savol kelib tushdi.
“O‘zbekko‘mir” AJda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rejaviy ko‘rsatkichlarni sifatli bajarish hamda xodimlar mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ichki me’yoriy hujjat – “Ishchi-xodimlarni oylik ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilganligi uchun mukofotlash to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan.
Ushbu nizomga muvofiq, mukofotlash tizimi ishlab chiqarish natijalariga bog‘langan holda amalga oshiriladi. Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi, mahsulot qazib olish va yetkazib berish hajmlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish va texnologik barqarorlik ko‘rsatkichlari belgilangan.
Mukofot miqdorlari lavozim okladi va tarif stavkalariga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Shuningdek, har bir ortiqcha bajarilgan ko‘rsatkich uchun qo‘shimcha koeffitsientlar qo‘llaniladi hamda hisob-kitoblar tasdiqlangan ish haqi jamg‘armasi doirasida amalga oshiriladi.
Hisob-kitob jarayonida texnik va marksheyderlik o‘lchovlari, energetika xizmati hisobotlari hamda iqtisodiy tahlil va prognozlash boshqarmasi ma’lumotlari asos sifatida qabul qilinadi.
Ayrim filiallar uchun mukofotlash tartibi ularning ish xususiyatidan kelib chiqib, Bosh direktor tomonidan tasdiqlangan alohida ichki nizomlar asosida tartibga solinadi.
Alohida ish haqi to‘lovi yuqori samara ko‘rsatgan xodimlarga belgilangan tartibda taklif va tekshiruvlar asosida rasmiylashtiriladi va yakuniy qaror Bosh direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosa sifatida, mukofot va koeffitsientlar tizimi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, shaffof hisob-kitob va amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida amal qiladi.
Sherzod Begmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ mehnat va ish haqi bo‘limi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
Angren konchilari mehnati jahon media maydonida
Har qanday korxona va tashkilotning jahon media maydoniga chiqishi uning nufuzi, ochiqligi va xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan qazib chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlarini narxlari va sotish tartibi haqida
Mamlakatimiz ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini keng joriy etish doirasida ko‘mir mahsulotlarini sotish va narx belgilash tartibi yangilandi. O‘zbekiston Respu...
O'qish
Davlat xaridlarida narxlarni sun’iy oshirishga qarshi yangi mexanizm joriy etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son qonun bilan davlat xaridlari sohasida narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish, by...
O'qish
Haftaning har juma kuni — Sport kuni etib belgilangan
"O‘zbekko‘mir" AJ "Angren ko‘mir koni" filiali xodimlari haftaning har juma kunini an’anaga aylangan ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bilan boshlaydilar. Mazkur...
O'qish