Ombor mudilarining masʼuliyati oshirildi
Nashr qilingan sana: 30.11.2023 20:30:53"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati tomonidan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasidagi navbatdagi tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida tashkil etildi.
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati tomonidan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasidagi navbatdagi tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida tashkil etildi.
Bugungi kunda aholini mahalliy arzonlashtirilgan koʻmir bilan taʼminlash ishlari dolzarb boʻlib turibdi. Bu borada "Koʻmir taʼminot" masʼuliyati cheklangan jamiyati va hududiy koʻmir omborlari jamoalari zimmasiga masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan. Afsuski, jamiyatning ayrim filiallari va koʻmir omborlari masʼullari ishonib topshirilgan vazifalarga panja orasidan qarab, aholiga moʻljallangan koʻmir mahsulotini talon-taroj qilgan. Bunday holatlar huquq tartibot idoralari tomonidan aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Ellikqalʼa tumani hokimligida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida ana shu holatlar afsus bilan taʼkidlab oʻtildi.
"Koʻmir taʼminot" MCHJning hududiy koʻmir omborlari mudirlari, tuman mutasaddi tashkilotlari va mahalla hamda ovul fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etgan yigʻilishda arzonlashtirilgan koʻmirni tarqatish jarayonida ularni talon-taroj qilishga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi alohida uqdirib oʻtildi. Hududiy filial va uning tasarrufidagi koʻmir omborlari masʼul xodimlariga aholi uchun moʻljallangan koʻmir mahsulotini oʻz vaqtida belgilangan tartibda tarqatish, talon-taroj qilishning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik zarurligi haqida qatʼiy ogohlantirildilar va bu haqida ulardan kafolat xatlari olindi.
– Shu kuni Ellikqalʼa koʻmir ombori faoliyatini oʻrgandi. Afsuski, bu yerda xodimlar bilan korrupsiyaga qarshi suhbat va boshqa targʻibot tadbirlari deyarli oʻtkazilmagan, koʻrgazmali targʻibot ham qoniqarsiz tashkil etilgan, – deydi "Oʻzbekkoʻmir" AJ Ishchi gururhi raisi, jamiyat korrursiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari E.Amanov. – Jarayonda koʻmir ombori masʼullariga ushbu kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi va ularni bartaraf etish, hududda yashovchi aholi uchun keltirilgan koʻmirni tegishli tartibda tarqatish, korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Jamoa shartnomasi: huquq, kafolat va imtiyozlar muhokama markazida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallarda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazishga qarati...
O'qish
Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi: mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi
“O‘zbekko‘mir” AJ murojaatlar boti orqali fuqaro M.A. Xudoyberdievadan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan filiali Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan m...
O'qish
Ko‘mir sohasidagi yangi islohotlar: bozor mexanizmlari va ijtimoiy himoya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarori mamlakatda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish, bozor mexanizmlarini keng joriy eti...
O'qish
Islom sivilizatsiyasi markazi – ma’naviy-ma’rifiy sayohatning bosh manzili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimiz qold...
O'qish