Qabul komissiyasida
Nashr qilingan sana: 22.09.2023 01:06:37Yana oʻn nafar talabgor ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi
21 sentyabr kuni “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida ishga qabul boʻyicha navbatdagi sinov imtihonlari oʻtkazildi.
“Togʻ-kon uskunalarini sozlash zavodi” filialida tashkil etilgan sinov jarayonida ishga joylashish uchun ariza topshirgan nomzodlardan 20 nafari ishtirok etib, test sinovlari topshirdilar. Ularning 10 nafari test savollariga yetarli javob berdi va suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtib, jamiyat filiallarida ishga joylashish uchun yoʻllanma oldilar.
Maʼlumot uchun, jamiyat korxonalariga ishga joylashish istagida boʻlgan talabgorlar arizani onlayn topshiradi. Buning uchun ular jamiyatning internetdagi veb-saytiga kirib, oʻz bilim va malakasiga toʻgʻri keladigan kasblardan birini tanlaydi.
Muntazam ravishda yangilab borilayotgan boʻsh ish oʻrinlari roʻyxati boʻyicha hozirgi kunda koʻmir sanoati korxonalarida 86 kasbga oid 169 dan ortiq boʻsh ish oʻrni taklif etilgan. “Oʻzbekkoʻmir” AJda marksheyder, yuriskonsult, ekskavator mashinisti, ekskavator mashinisti yordamchisi, konveyer liniyasi mashinisti, avtosamosval haydovchisi, chilangar, kon ishchisi kabi mutaxassislarga talab yuqori.
Korxonamizda mehnat qilishni istasangiz quyidagi havola orqali ariza qoldirishingiz mumkin: http://uzbekcoal.uz/uz/open-vac
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda tezkor va samarali harakat qilish, shuningdek, xodimlar, jumladan konchilar xavfsizligin...
O'qish